«Seltik» Kristofer Jyulen transferini e'lon qildi

“Tuluza” himoyachisi Kristofer Jyulen faoliyatini Shotlandiya chempioni safida davom ettiradi.
26 yoshli futbolchi “Seltik” bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi deb xabar beradi Shotlandiya klubining rasmiy sayti. Ushbu transfer esa 8 mln evroga baholandi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Jyulen “Tuluza” safida 34 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golga assisentlik qildi.