«Aston Villa» yozgi transferlar oynasida yarimhimoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

The Guurdian'ning yozishicha, Birmingem klubi havbeki Jeyms Uord-Prouz bilan shartnoma imzolamoqchi. 

«Aston Villa» 26 yoshli futbolchi jarima zarbalari va hujumdagi harakatlari bilan jamoani kuchaytiradi, deb hisoblamoqda. 

Uord-Prouz o'tgan mavsumda APLda 8ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.