“Sautgempton” hujumchisi Charli Ostin faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi.

30 yoshli futbolchi “Vest Bromvich” bilan uch yillik shartnoma imzoladi.  

Sky Sports nashrining xabar berishicha, “Sautgempton” Ostin uchun 4 mln evro oladi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Ostin 25 ta o'yinda maydonga tushib 2 ta gol va yana shuncha golga pas bergan.