Saul «Atletiko»ni tark etayotganini e'lon qildi

"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges o'zining tvitteri orqali jamoani tark etayotganini e'lon qildi. Saul hozircha qaysi jamoaga o'tayotganini ma'lum qilmadi. Ammo futbolchi yangi jamoasi nomini 3 kunda aytishga va'da berdi.
Saul "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "matraschilar"ning asosiy tarkibida 2013 yildan beri o'ynab keladi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilga qadar tuzilgan. Saulning transfer narxi taxminan 72 mln evroga teng.