Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni chempionati futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi.

Neymar, Sergey Milinkovich-Savich va Karim Benzema eng ko'p arzonlashgan futbolchilar ro'yxatini boshqarishmoqda. Har uchalasi ham 10 million evroga arzonlashgan.

Hozirda Neymar 50 million evroga, Milinkovich-Savich 40 million evroga, Benzema esa 15 million evroga baholanmoqda.

Qiymati yo'qolganiga qaramay, Neymar va Milinkovich-Savich Saudiya Ligasining eng qimmat futbolchilari reytingida peshqadamlik qilishda davom etishdi, Ruben Nevesh uchinchi o'rinni egalladi (40 million evro).