Saudiya Arabistoni klublari Uels terma jamoasi sardoriga qiziqib qolgan

"Nitstsa" futbolchisi Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Eron Remzi arab klublari nazariga tushgan.
32 yoshli futbolchi "Kardiff Siti" radarida turgan edi. U "Nitstsa" bilan yangi shartnoma tuzmasligini ma'lum qilgan. Remzi Stiven Jerrard boshchilik qilayotgan "Al-Ittifoq"qa borib qo'shilishi mumkin.
Manba: bbc.com