"Sassuolo" Lokatellini "Yuventus"ga ijaraga berishga tayyor

Goal.com nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli transferi ustida ishlamoqda. "Keksa sinora" 23 yoshli italiyalik futbolchini 20 million evroga sotib olish majburiyati bilan 5 million evroga 2 yilga ijaraga olmoqchi edi, biroq tomonlar transfer borasida kelisha olishmadi.
Ma'lum bo'lishicha, hozir "Sassuolo" italiyalikni kamida 30 million evro sotib olish majburiyati bilan 5 million evroga bir yilga ijaraga berishga tayyor.
Hozirda ushbu shartnoma bo'yicha muzokaralar hamon davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Lokatelli A Seriyada 34 o'yin o'tkazib, 4 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.