Italiyaning «Sassuolo» klubi bosh direktori Jovanni Karnevali o'z klubi futbolchilaridan biriga bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi.

"Janluka Skamakka borasida Angliya Premer-ligasining ko'plab klublaridan takliflar tushdi», - dedi Karnevali Football Italia bilan suhbatda.

Avvalroq matbuotda Italiya terma jamoasining 23 yoshli hujumchisiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Da'vogarlar orasida Italiya klublari - «Inter» va «Milan» ham bor.

Joriy mavsumda Skamakka «Sassuolo» safida A Seriyaning 29 ta uchrashuvida 13 ta gol urdi.