“Manchester Siti”ning germaniyalik hujumchisi Leroy Sane “Bavariya”ga o'tishga tayyor, deya yozmoqda Kicker.

Manbaning xabariga ko'ra, myunxenliklar futbolchi uchun 100 million evrodan ko'proq to'laydi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Sane “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to'p surib keladi. O'tgan mavsum u 46ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan hamda 18ta golga hammualliflik qilgan.