Sancho jiddiy takliflarni rad etdi

Dushanba kuni ertalab "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho klublardan birining jiddiy taklifini rad etdi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasi va Turkiya Superligasi klubidan taklif tushgan. Sancho rad javobini berdi, chunki u "Yuventus"dan aniq ma'lumot kutmoqchi.
Ko'rinishidan, vinger bu yozda Turinga o'tishni afzal ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, Jeydon Sancho 2023/2024 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijara asosida o'tkazdi. Avvalroq, o'tgan yili futbolchi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan janjallashib qolgandi.