Sadio Mane Ronaldu jamoasida qachon tibbiy ko'rikdan o'tishi ma'lum bo'ldi

"Bavariya" futbolchisi jamoadan ketmoqda. Xabarlarga ko'ra, myunxenliklar hujumchisi Sadio Mane jamoani tark etmoqda. Fabritsio Romanoning aytishicha, Senegal terma jamoasi a'zosi dushanba kuni, ya'ni ertaga "An-Nasr"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.
31 yoshli futbolchi sotuvidan "Bavariya" 35 million funt foyda ko'rishi aytilgan. Sadio Mane o'tgan mavsumda 38 ta o'yinda 12 ta golga mualliflik qilgan edi. U 2022 yilning yozida "Liverpul"dan 38 million funtga xarid qilingan.
Manba: caughtoffside.com