Roxo «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi

“Manchester Yunayted” himoyachisi Markos Roxo kelajagi borasida bir qarorga kelmadi.
ESPN nashrining xabar berishicha, Roxo mankunianliklar safini tark etish haqida o'ylamoqda.
Argentinalik futbolchi mavsum oldi yig'inida Ole-Gunnar Sulsherning ishonchiga kirdi, biroq norvegiyalik mutaxassis yangi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushadigan olti nafar markaziy himoyachilarni tanlab bo'lgan.