"Rostov" yarim himoyachisi Matias Normann tez orada Italiya A Seriyasiga yo'l olishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, "Lechche" norvegiyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu mavsumda Normann Rossiya Premer-ligasida "Rostov" tarkibida hali maydonga tushmagan. Futbolchi transfer oynasi tugaguncha jamoani tark etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Normann o'tgan mavsumni Angliyaning "Norvich" jamoasida ijara asosida o'tkazgan va u Premer-ligada bir gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.