Ronalduning do'sti Krishtianuning «Napoli»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning do'sti hisoblangan jurnalist El Chiringuito TV Edu Agirre futbolchining «Napoli»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.
«Ronaldu «Napoli»ga o'tmaydi», – dedi Agirre "El Chiringuito TV" dasturi efiri paytida.
Evropada transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi. Ronaldu esa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o'tishni istamoqda.