Hozirda erkin agent maqomiga ega bo'lgan Krishtianu Ronalduga Evropa klublaridan birorta ham taklif tushmadi. Boz ustiga, top-klublar portugaliyalik futbolchining xizmatiga qiziqish bildirishmayapti. Bu haqda jurnalistlar Nikolo Skira va Fabritsio Romano xabar tarqatishdi.

Shu bois, Ronaldu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. Avvalroq "An-Nasr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov o'ziga tegishli bo'lgan 7-raqamni Krishtianuga bo'shatib qo'ygani haqida yozgandik.

MLS jamoalari esa Ronalduning moliyaviy talabini qanoatlantirishga tayyor emas. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, 37 yoshli futbolchi 2 kun "Real" bazasida shug'ullangach, dam olish uchun BAAga jo'nab ketdi.

Manba: football24.ru