Ronaldu «Yuventus»ni tark etadimi? Klub sport direktori javob berdi

«Yuventus» vitse-prezidenti Pavel Nedved jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
«Ronaldu vakillaridan hech kim bizga futbolchi jamoani tark etishi mumkinligini aytmadi. Uning klubda qolishini kutyapman. Uning ta'tili 25 iyul kuni yakuniga etadi.
Lokatelli? Ushbu futbolchi borasida «Sassuolo» bilan gaplashish uchun vaqt bor», — dedi Nedved.