Ronaldu «Manchester Yunayted» safida tibbiy ko'rikdan o'tdi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu o'zining "Manchester Yunayted"ga o'tishini rasmiylashtirmoqda.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, 36 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishga ulgurdi. Portugaliyalik futbolchi "qizil iblislar" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "MYu" Ronalduni "Yuventus"dan 15+8 million evroga sotib oldi.