Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" jamoasini tark etib, Evropaga qaytishi mumkin.

Goal.com portalining xabar berishicha, 38 yoshli to'purarga Angliyaning "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Oq-qoralar" rahbariyati Krishtianu yoki huquqlari "PSJ"ga tegishli bo'lgan braziliyalik Neymarni sotib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Ronaldu "An-Nasr"ga 2023 yilning yanvarida tekinga o'tgan edi. U bilan 2,5 yilga mehnat shartnomasi tuzildi. Portugaliyalikning maoshi yiliga 200 million evroni tashkil qiladi.