"Olimpiakos" tarkibida Gretsiya chempionatida to'p surayotgan gvineyalik yarim himoyachi Muhammad Kamara faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ma'lumotlariga ko'ra, "Roma" futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Poytaxt klubi "Olimpiakos" bilan Kamara borasida shartnoma imzolash bo'yicha muzokara jarayonini boshlab yubordi. Futbolchining o'zi bilan "bo'rilar" shaxsiy shartnoma tafsilotlarini kelishib olgan.

"Roma" Italiya chempionatining yangi mavsumini ikkita g'alaba bilan boshladi. Joze Mourino shogirdlari keyingi safar Turinda "Yuventus" bilan o'ynaydi.