"Tottenxem" futbolchisi yozda Italiyaga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Roma" "shporlar" himoyachisi Erik Dayerga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Rimliklar murabbiyi Joze Mourino oldin "Tottenxem"da ishlagan  va Dayerni yaxshi biladi. "Roma" sport direktori Tiagu Pintu allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralarga kirishgan.

Dayerning London klubidagi bitimi 2024 yilga qadar amal qiladi.

Manba: caughtoffside.com