Janluka Skamakka yozda "Roma"ga o'tishi mumkin.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, rimliklar bir yil avval "Vest Xem" tomonidan 30,5+5 million funt sterlingga sotib olingan hujumchini ijaraga olmoqchi. Taklif yaqin kunlarda yuboriladi.

Shuningdek, "Milan" ham Skamakkaga qiziqish bildirmoqda.

Italiyalik futbolchi oxirgi marta 26 mart kuni - Italiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgandi. U Premer-ligada 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.