"Roma" hujumchi Artyom Dovbik bilan rasman shartnoma imzoladi.

Rimliklar klub tarixida birinchi marta o'tgan mavsumda top-chempionatning eng yaxshi to'purarini transfer qilishdi. Dovbik 2023/24 yilgi mavsumda La Ligada 36 o'yinda 24 ta gol urib, "Pichichi sovrini"ni qo'lga kiritgandi.

Artyom rimliklar tarixidagi birinchi ukrainalik ham bo'ldi.

Futbolchi 11-raqamli libosda maydonga tushadi. Ma'lum qilinishicha, shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.