«Roma» London klubi futbolchisiga xaridor

«RMC Sport» nashri xabariga ko'ra, «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino frantsiyalik «Chelsi» himoyachisi Kurt Zumani klubga qo'shib olmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, rimliklar Zumani ijaraga olmoqchi, ammo «Chelsi» 26 yoshli futbolchini sotish haqida o'ylamoqda.
Shuningdek, qayd etilishicha, «ko'klar» frantsuzning transferi uchun taxminan 30 million evro talab qilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Zuma «Chelsi» tarkibida 24ta o'yin o'tkazgan va 5ta gol urishni uddalagan.