"Roma" klub sardorini qanchaga sotmoqchi?

"Tottenxem" "Roma" yarim himoyachisi Lorentso Pellegrinini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bermoqda.
"Roma" futbolchisi uchun 30 million evro talab qilmoqda. Moliyaviy inqirozda London klubi bu summani to'lay olmasligi mumkin.
Tansfermarket portali 26 yoshli futbolchini 50 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Lorentsoning "bo'rilar" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning 30-iyunigacha amal qiladi.