«Roma» Iguainni ijaraga olmoqchi

Argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain faoliyatini “A” Seriyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchi xizmatiga “Roma” qiziqish bildirmoqda. “Yuventus” markazda yangi mavsumda Ronaldu o'ynashi sababli Iguainni qo'yib yuborishga tayyor.
“Roma” Iguainni bir yilga 12 million evroga ijaraga olmoqchi. Futbolchining “Yuve” bilan shartnomasi yana ikki yildan so'ng yakuniga etadi.
O'tgan mavsum u ijara asosida mavsumning ilk qismini “Milan”da, keyin “Chelsi”da o'tkazdi.