Insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Roma" va "Fiorentina" hujumchi Andrea Belottini ijarasi bo'yicha kelishib oldi.

Futbolchining ijarasi qisqa muddatli bo'ladi - faqat joriy mavsum oxirigacha.

Qayd etilishicha, "binafsharanglilar" ijaraga olish uchun 750 ming evro to'laydi, biroq Florentsiya klubi futbolchini sotib olish huquqiga ega emas.

Shuningdek, Belotti Toskanaga yo'l olgani, 1 fevral kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi xabar qilingan. Joriy mavsumda Belotti “Roma” safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.