"Roma" hujumchi masalasini deyarli hal qildi

"Roma" hujumchi sotib olishga yaqin keldi. Xabarlarga ko'ra, Rim klubi "Vest Xem Yunayted" bilan Janluka Skamakka xaridi borasida kelishuvga erishgan. 23 yoshli hujumchi tez orada "Roma" futbolchisiga aylanadi. U sotib olish sharti bilan ijaraga olinadi.
Skamakkaning ijarasidan "Vest Xem" 5 million evro foyda ko'radi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, Skamakka 2024 yilning yozida 22 million evroga sotib olinadi. Hujumchi o'tgan yozda "Sassuolo"dan 36 million evro evaziga xarid qilingandi.
Manba: bbc.com