"Roma" futbolchisi jamoada yana bir mavsum qoladi. Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi Nemanya Matichning "Roma" bilan tuzgan bitimi avtomatik ravishda yangilanishi mumkin. U yozda "MYu"dan erkin agent sifatida olib kelingan.

Matich Rimda bir yillik shartnomaga ega. Ammo bu mavsumda 38 ta turdan kamida 19 tasida maydonga tushsa, u holda futbolchining bitimi avtomatik ravishda bir mavsumga uzaytiriladi.

Manba: bbc.com