"Roma" futbolchisiga ham "tajovuz" boshlandi. Xabarlarga ko'ra, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi rimliklar pleymeykeri Paulo Dibalaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

29 yoshli futbolchi Mourino jamoasining muhim vakili sanaladi. U Argentina bilan jahon chempioni bo'lgan edi. Dibalaning tovon puli arablarga qulaylik tug'diradi.

Ayni damda u 10.3 million funtlik tovon puliga ega. Bu esa Dibalaning haqiqiy bozor narxidan ancha pastdir. Futbolchi bundan 12 oy oldin "Yuventus"dan erkin agent sifatida olib kelingan edi.

Manba: caughtoffside.com