"Roma" himoyachisi Rik Karsdorp Italiya klubini tark etishga qaror qildi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchi "Beshiktosh"ga o'tadi.

Agar u turk klubiga o'tsa, Karsdorp "Fenerbaxche"ni boshqarayotgan Joze Mourino bilan uchrashadi. Portugaliyalik mutaxassis “Roma”da ishlayotgan vaqtida himoyachi bilan janjallashib qolgandi.

Rik Karsdorp o'tgan mavsum Italiya A Seriyasida 18 ta o'yinda maydonga tushdi.