Italiyaning «Roma» klubi yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi tez orada Qatarning «Al-Rayyan» jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan.

«Roma» futbolchini u bilan 2022 yil 30-iyungacha tuzilgan shartnomani bekor qilib, tekinga qo'yib yuborishga tayyor.

So'nggi bir yarim yil davomida N'Zonzi frantsuz futbolchisi «Renn» klubida ijarada o'ynadi.