Rigoni RPLga qaytishi mumkin

Rossiyaning “Zenit” klubi ijaradagi futbolchisi Emiliano Rigonini ortga qaytarishi mumkin.
Tuttomercatoweb nashrining xabariga ko'ra, piterliklar "Atalanta" safida to'p surayotgan ijaradagi futbolchini ortga qaytarmoqchi. Joriy mavsum Ringoni 12 ta o'yinda 3 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Rigoni 2017 yil “Zenit”ga o'tgandi. Jamoa uchun uning transfer narxi 9 million evroga tushgan.