«Bavariya» yarim himoyachisi Frank Riberi mavsum yakunlanganidan so'ng Qatar chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Kicker nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, Qatarning ikki jamoasi, jumladan, "As-Sadd" klubi frantsiyalik futbolchi bilan muzokara olib borgan. Xabaringiz bor, dohaliklar safida «Barselona» sobiq futbolchisi Xavi faoliyat olib bormoqda.

Riberining «Bavariya» bilan shartnomasi 2 oydan keyin yakuniga etadi. Myunxenliklar hozircha unga yangi shartnoma taklif qilishmadi. Frank 2007 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.