“Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzi yaqin vaqtlar ichida “Yuventus” bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, uelslik futbolchi yakshanba kuni Turinda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Avvalroq, Remzi “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma imzolagini yilliga 8 mln evro maosh olishi haqida xabar berib o'tgan edik.

U Krishtianu Ronaldudan keyin “keksa sinora” safida eng ko'p maosh oladigan futbolchi bo'ladi.