«Real» «Yuventus» himoyachisi uchun ikki futbolchisini taklif qilmoqda

Madridning “Real” klubi “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madridliklar De Ligt uchun ikki futbolchini ham qo'shib berishga tayyor.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, “qirolik klubi” De Ligt uchun Luka Yovich va himoyachi Eder Militaoni bermoqchi. Ikki futbolchining transfer narxi 85 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, De Ligt o'tgan yozda “Ayaks”dan “Yuve”ga 75 million evroga ko'chib o'tgan edi.