So'nggi 2 mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazayotgan hujumchi Brahim Dias yozda «Real»ga qaytadi. "Rossoneri" futbolchining transfer huquqini to'liq sotib olishga qiziqayotgan bo'lsa-da, "Qirollik klubi" forvardning xizmatidan o'zi foydalanmoqchi.

Bundan tashqari, «Real» Brahimning amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirib, uni 2027 yilning yoziga qadar cho'zib qo'ymoqchi.

Dias A seriyaning joriy mavsumida 32 o'yinda ishtirok etib, 6 gol va 7 assist muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru