"Real" Yovichni sotib olish borasida bir qarorga keldi

"Real" yozda "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovichni sotib olmoqchi, deb yozadi "Marca".
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" yozda shu futbolchiga e'tibor qaratmoqchi. Zidan bu transferni ma'qulladi. U Yovich "Real"ning hujum chizig'idagi muammolarini hal qilishiga ishonmoqda.
Ma'lumot uchun, Yovichga "Bavariya" va "Barselona" ham qiziqyapti. Hujumchining transfer narxi taxminan 65-70 million evroga teng.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi jami 38 ta o'yinda 24 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.