"Real" va "Manchester Siti" Londondan futbolchi xarid qilmoqchi

"Arsenal" futbolchisi ikki gigant klub e'tiborida turibdi. Xabarlarga ko'ra, jamoa hujumchisi Bukayo Saka "Real" hamda "Manchester Siti" radariga tushgan.
Vinger "Arsenal"ning asosiy tarkibiga kirganiga ancha bo'lgan. U 21 yosh bo'lishiga qaramay, 142 marta "to'pchilar" safida, 18 marta terma jamoada o'yin o'tkazgan. Saka yil yakuniga qadar yangi bitim imzolashi kutilmoqda.
Manba: caughtoffside.com