"Real Madrid" va "Barselona" klublari "Loryan"ning hujumkor yarim himoyachisi Eli-Junior Krupiga e'tibor qaratmoqda, deb xabar bermoqda Sport nashri.

O'tgan mavsumda u asosiy tarkibda so'nggi tur o'yinida debyut qilgan bo'lsa, joriy mavsumda u rotatsiya o'yinchisiga aylandi va 8 o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

17 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi, ammo klub Krupini uzoqroq muddatga saqlab qolish uchun foydali taklif tayyorlamoqda.

Transfermarkt portali uni 7 million evroga baholamoqda.

Oktyabr oyida Eli-Junior Frantsiya U-18 yoshlar terma jamoasi safida Shveytsariyaga qarshi o'yinda (3:0) debyut qildi.