"Real" va "Barselona" 16 yoshli futbolchi uchun kurashadi

"Real" va "Barselona" Argentinaning "Veles Sarsfild"ning 16 yoshli vingeri Janluka Prestiannaga qiziqish bildirmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, klublar "Veles" bilan debyutini o'tkazgan argentinalik futbolchining o'yinlarini kuzatib borishmoqda va u bilan shartnoma imzolashni xohlashmoqda.
Qayd etilishicha, Prestianna 2023 yilning yozida Italiya pasportini oladi, bu unga arizada EI pasporti bo'lmagan futbolchi o'rnini egallamaslik imkonini beradi.