«Real» sobiq futbolchisi «Sevilya» bilan shartnoma imzoladi

«Sevilya» klubi hujumchi Mariano Dias bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Dominikanlik futbolchi yozda "Real" safini tark etgach, erkin agent maqomiga ega bo'lgandi.
30 yoshli futbolchi andalusiyaliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Mariano Dias "Real" safidagi 5 yillik faoliyati davomida La ligada jami 60 o'yinda ishtirok etib, 7 gol va ikki assist muallifiga aylandi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 11ta o'yinda maydonga tushdi, ammo unga gol urish nasib etmadi.