"Real" qiziqqan futbolchiga, "Roma" narx belgiladi

Madridning "Real" klubi "Roma" himoyachisi Leonardo Spinatstsola bilan qiziqmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, madridliklar hali rasmiy taklif bilan chiqishmagan, ammo futbolchi haqida ma'lumot so'rashgan.
Rim klubi 28 yoshli futbolchini ilgari xabar qilingan almashinuv tarkibiga qo'shmoqchi emas. "Roma" Spinatstsola uchun kamida 30 million evro olmoqchi. Agar himoyachi Marselo jamoani tark etsa, "Real" faolroq aloqalarni boshlashi mumkin.