"Real" Mbappe uchun 120 million evro berishga tayyor

Cadena Ser nashri xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi 22 yoshli frantsuz futbolchisi Kilian Mbappening transferi uchun 120 million evro taklif qilmoqchi.
Ma'lum bo'lishicha, parijliklar futbolchini qo'yib yubormoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirish niyatida, biroq Mbappe klub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshmayapti. Agar Kilian "PSJ" bilan shartnomani uzaytirmasa, bir yildan so'ng "Real" uni tekinga qo'lga kiritishi mumkin.
O'tgan mavsumda Liga 1 musobaqasida Mbappe 31 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.