«Real» Mariano Diasni ijaraga berib yuborishga tayyor

"Real" klubi hujumchi Mariano Diasni boshqa jamoaga ijaraga berishi mumkin. Shu bois, "Qirollik klubi" dominikanlik futbolchi uchun kelib tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Diasning sobiq klubi — "Lion" futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Hujumchi 2017/2018 yilgi mavsumda ushbu jamoa sharafini himoya qilib, Liga 1da 18ta gol urgan. Hozirda "Lion" hujum chizig'ida muammolarga duch kelgan: Depay og'ir jarohat olgan bo'lsa, Traore va Korne yaxshi o'yin namoyish qila olishmayapti, Mussa Dembele tezroq Angliya chempionatiga ko'chib o'tish haqida o'ylamoqda. Lionliklar Diasning 2 million evro miqdorida yillik maoshini to'lashni o'z zimmalariga olishmoqda.
Ma'lumot o'rnida. Mariano Dias "Real" safida birorta o'yinda maydonga tushmadi. Zidan uni atigi bir marta qaydnomaga kiritdi. Futbolchi so'nggi marta 5 may kuni "Real" futbolkasida maydonga tushgan edi.