Madridning "Real" klubi yangi transfer mavsumida eng birinchi maqsadi hujumchi Erling Hollandni "Borussiya Dortmund"dan sotib olish.

Madrid klubi 20 yoshli norvegiyalikning transferini nafaqat asosiy vazifa , balki Holandning keyingi o'n yillikda futbolda hukmronlik qilishi mumkinligini ham hisobga olmoqda.

Xabar qilinishicha, kelishuv yozda bo'lishi mumkin.

Transfer uchun mablag' - 150 million, shuningdek Erlingning olti yillik maoshi hisobga olingan holda 270 million evroga tushishi mumkin.

"Borussiya" Holandni 2022-yilgacha sotishni rejalashtirmagan edi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli, ular mazkur transferni ko'rib chiqishi mumkin.

 

Hujumchi ushbu mavsum chempionatning 19 o'yinida 19 gol va 4 golli pas berdi.