«Real Madrid»ning sobiq hujumchisi Turkiya klubiga o'tdi

35 yoshli hujumchi Emmanuel Adebayor erkin agent sifatida Turkiyaning “Kayserispor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi xabar berdi.
Ma'lumot uchun, Adebayor yangi jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsumni “Istanbul BB” klubida o'tkazgan. Shuningdek, Adebayor faoliyatni davomida “Tottenxem” va “Real” kabi top klublar sharafini ham himoya qilgan.