«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi APL klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Portugaliyalik himoyachisi Pepe “Vulverxempton” bilan shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, “Real”ning sobiq futbolchisi “Beshiktosh”ni tark etdi va erkin agentga aylandi.