«Real Madrid» Luninni ijaraga berdi

“Real” darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini “Valyadolid”da davom ettiradi.
Madridliklar 21 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga berdi.
Eslatib o'tamiz, Lunin 2018 yil “Zari”dan “Real”ga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumni u ijarada “Leganes”da o'ynagan edi.
Luninning madridliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.