"Real Madrid" hujumchisini sotishga tayyor

"Real Madrid" ushbu transfer oynasida hujumchi Mariano Diasni sotishga tayyor. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti 28 yoshli hujumchiga umid bog'lamaydi, deb xabar beradi Marca nashri.
Dias "Real"ga 2018-yilda "Lion"dan 23 million evro evaziga o'tgandi. Endi Transfermarkt
portali futbolchining qiymatini 10 millionga baholamoqda.
Uch yilda Dias "Real" tarkibida 33 o'yin o'tkazdi va 5ta gol urdi. Uning shartnomasi 2024-yilda yakuniga etadi.