"Real" Kazemiroga o'rinbosar izlamoqda.

Oldinroq jamoa "Renn"ning yosh yarimhimoyachisi Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik. 17 yoshli futbolchining narxi 45-50 million evroga baholanmoqda.

Ikkinchi variant — "Chelsi" yarimhimoyachisi Ngolo Kante, uning narxi taxminan 80 million evroga teng.

Uchinchi oxirgi variant esa "Lill" futbolchisi Bubakari Sumare. Frantsuz klubi uni 40-50 million evroga sotmoqchi.